2017 yil 08 mart kuni tungi soat 01.20larda Farg‘ona shahar IIB navbatchilik qismiga Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar qilgan O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.
Fuqaroning so‘zlariga qaraganda, uch nafar noma’lum shaxslar temir jism bilan qurollangan holda uning xonadoniga bostirib kirishib, unga tan jarohati etkazishib, 2600 AQSh dollari va "Jentra" rusumli avtomashinasini egallab, noma’lum tomonga yashirinishgan.
Ushbu xabardan so‘ng voqea joyiga chiqqan tezkor-tergov guruhi jinoyat sodir bo‘lgan joydan 9 dona barmoq izlari, bir dona uzunligi 120 sm bo‘lgan temir va xonadonga o‘rnatilgan videokameradagi yozuvlarni ashyoviy dalil tariqasida olishgan.
Holat yuzasidan olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida, jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan "Jentra" rusumli avtomashinani shaharning Oltin kuz ko‘chasida noma’lum shaxslar boshqarib ketishayotganligi aniqlanib, ular Farg‘ona viloyati IIB PPX va JTSBga bevosita bo‘ysunuvchi Farg‘ona bataloni xamda Farg‘ona shahar IIB xodimlari tomonidan ushlangan.
Shuningdek, gumonlanuvchilarning yonidan jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan 900 AQSh dollari ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Mazkur bosqinchilik jinoyatini 1992 yilda va 1993 yilda tug‘ilgan ikki nafar qiz hamda 1997 yilda tug‘ilgan yigit birgalikda, oldindan jinoiy til biriktirib sodir etishgani aniqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”