date

Toshkent va Namangan osmonida noma’lum jism kuzatildi

Toshkent va Namangan osmonida noma’lum jism kuzatildi

19 fevral kuni Toshkent shahridagi "Kosmonavtlar" metro bekati yaqinida osmondan noma’lum jism tushayotgani kuzatilgan. Xuddi shunday holat Namangan viloyatida ham qayd etilgan.

Namanganda aholi kuchli shovqin va yer silkinishiga o‘xshash tebranishni his qilgani aytilmoqda. Poytaxtda esa jismning harakati video tasvirga tushib qolgan.

Guvohlar so‘zlariga ko‘ra, osmonda chaqnash va qora tutun bir necha soat davom etgan. Hodisa taxminan soat 12:30–13:00 oralig‘ida sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti ma’lum qilishicha, hozircha mazkur jism meteorit ekani rasman tasdiqlanmagan. Vaziyat bo‘yicha dastlabki o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent va Namangan osmonida noma’lum jism kuzatildi