Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida yashovchi 65 yoshli qariya tuman prokuroridan 15 ming dollar pul talab qildi, deb yozadi «1news.uz».
“Huquq” nashri xabariga ko‘ra, qariya tuman elektr korxonasi ustidan prokurorga shikoyat qilgan, prokuratura shikoyatni o‘rganib, qonuniy hal etgan. Biroq shikoyat yozish orqali odamlardan pul undirishga odatlangan qariya bu gal moddiy manfaat ko‘rmagan.
Shu bois u elektr korxonasini qonuniy tekshirmadi degan da’vo bilan tuman prokurori ustidan shikoyat yoza boshlagan. Shikoyatlarni to‘xtatish evaziga esa tuman prokuroridan 15 ming dollar talab qilgan.
Qayd etilishicha, 65 yoshli fuqaro vositachi orqali 5 ming dollar olayotganda huquq organlari tomonidan ushlangan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Muborak tumani sudi fuqaroga 3 yil ozodlikdan cheklash va eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida jarima tayinlagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi