
Rossiya hukumati raisi Dmitriy Medvedevni grippdan asrashning iloji bo‘lmadi, deya ma’lum qildi prezident Vladimir Putin.
“Epidemiya chekinayotgan bo‘lsa-da, vaziyat hali ham jiddiy. Mana, Dmitriy Anatolevichni asray olishmadi, kasal bo‘lib qoldi”, – dedi Putin hukumat a’zolarining bugungi yig‘ilishida.
RF bosh sanitar vrachi Anna Popovaning aytishicha, mamlakatda gripp va o‘tkir respirator virusli infeksiyaga chalinishning eng yuqori pallasi o‘tib ketdi.
Manba: www.hilol.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar