Militsiya xodimining o‘limiga sabab bo‘lgan o‘smirlar javobgarlikdan ozod etildi

Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingizda jurnalistlarga mazkur hodisa qanday yakun topganligi hamda aybdorlar qanday jazo olganligi haqida ma’lumot berildi, deb yozmoqda Darakchi nashri.
Shu kuni otasining avtomobilni yuvib berish sharti bilan olgan va otasiga bildirmay avtomobilni do‘sti bilan haydab ketgan ikki nafar voyaga yetmagan shaxs bir insonning umriga zomin bo‘lishdi.
Ular Yunus-Obod tumani Amir Temur shoh ko‘chasi bo‘ylab katta tezlikda harakatlanib boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida qo‘riqlash xizmati xodimi Abduvaliev Yermuhammadning o‘limiga sababchi bo‘lishdi.
Ushbu holat bolalarning sub’yekt bo‘lmaganligi, ya’ni jinoiy javobgarlikka tortilish yoshiga yetmaganligi sababli jinoyat ishi yopildi. Aybdorlar Voyaga yetmaganlarni ijtimoiy himoya qilish va reabalitatsiya markaziga joylashtirildi.
Mashinasini olib chiqib ketilganligini nazorat qilmagan otaga nisbatan ma’muriy chora ko‘rilgan.
Ma’lum bo‘lishicha mashina boshqaruvida avtomobil egasining o‘g‘li emas, o‘g‘lining do‘sti bo‘lgan. Oqibatda YTH birovning mashinasida sodir etilganligi aniqlangan.
Ayni damda ikkala yigit ham kollejda tahsil olmoqda.































Izohlar 0
…