Avtoshohbekat rahbarining mashinasi xatlangach, qarzdorlik darrov yopildi

Avtoshohbekat rahbarining mashinasi xatlangach, qarzdorlik darrov yopildi
Qisqacha

Kitob tumanidagi avtoshohbekatning soliq qarzdorligi tashkilot rahbarining avtomobili xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirilganidan so‘ng shu kunning o‘zida to‘liq undirildi. Qarzdorlik Majburiy ijro byurosi Kitob tuman bo‘limi tomonidan tuman soliq inspeksiyasi qarori asosidagi ijro hujjati doirasida undirilgan. Qarzdorlik qoplangach, avtotransport vositasi egasiga qaytarildi.

Majburiy ijro byurosi Kitob tuman bo‘limi ish yurituvida tuman soliq inspeksiyasining qaroriga asosan avtoshohbekatdan soliq qarzdorligini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud edi.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida tashkilot rahbariyati tomonidan qarzdorlik ixtiyoriy ravishda qoplanmadi. Shu sababli davlat ijrochilari tomonidan majburiy ijro choralari qo‘llanildi.

Ijro harakatlari jarayonida qarzdor tashkilot rahbarining avtotransport vositasi xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Natijada qarzdorlik shu kunning o‘zida to‘liq bartaraf etildi va avtotransport vositasi egasiga qaytarildi.

Soliq to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirish har bir jismoniy va yuridik shaxsning qonuniy majburiyatidir.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar