Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari Zangiota tumanida xorijga noqonuniy tarzda valyuta olib chiqib ketishga ixtisoslashgan jinoiy guruh a’zolaridan birini qo‘lga olishdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston'ga tayanib Kun.uz xabar berdi.
"47 yoshli Ulfatbek Hojibekov toshkentlik fuqarodan 131,4 ming dollar pulni olayotganida tezkor xodimlar tomonidan ushlandi. Jinoiy guruh a’zolari bu pullarni Zangiota tumanidagi aylanma yo‘llar orqali Qozog‘istonga olib chiqib ketishni rejalashtirishgan", — degan MXX vakili.
Xabarda aytilishicha, tezkor-surishtiruv tadbirlari natijasida Janubiy Qozog‘iston viloyatining Sariog‘och tumanida yashovchi 40 yoshli Tofik Ahmedov va 42 yoshli Karim Ahmedovlar ham guruh a’zolari bo‘lgani aniqlangan.
“Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 182-moddasi (Bojxona qonunchiligining buzilishi") bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, - deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»