2017 yilning 17 mart kunidan 23 mart kuniga qadar Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi sohaviy xizmatlari tomonidan har bir sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlash maqsadida amaliy choralar ko‘rish davom ettirildi. O‘tgan bir hafta o‘tkazilgan ishlar natijasi haqida Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida boshliq o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jaev ma’lumotiga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, oy boshidan buyon 90ta, hafta davomida 19ta jinoyat fosh etilgan. So‘nggi haftada: 1ta qotillik, 2ta bosqinchilik, 1ta talonchilik, 1ta og‘ir tan jarohati etkazish, 8ta o‘g‘irlik, 5ta firibgarlik, 1ta ma’muriy qoidani buzish jinoyatlarini tashkil etgan.
Oy boshidan beri 145 nafar, hafta davomida esa 33 nafar – qidiruvda bo‘lgan jinoyatchilar ushlanib, ularga nisbatan javobgarlik muqarrarligi ta’minlangan.
Hafta davomida mulkiy turdagi jinoyatlarning sodir etilishining oldini olish maqsadida,
102 xonadon va 66ta ob’ekt qo‘riqlov tizimiga ulangan, 207 ob’ektga avtonom signalizasiya o‘rnatilgan, 252ta ob’ektga videokameralar o‘rnatilgan.
Hafta davomida 6 nafar jinoyatchi tomonidan Toshkent shahriga 34,63 gramm “marixuana” giyohvandlik moddasini olib kirayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi