
Rossiya Federasiyasi rahbari Dmitriy Medvedev 2017 yilning 28 mart kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovni Moskvada qabul qiladi. Bu haqda Sputnik nashri xabar qildi.
Tomonlar ikki mamlakatning savdo-iqtisodiy masalalarini muhokama qiladilar.
"Rossiya Federasiyasi Raisi Dmitriy Medvedev va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov iqtisodiy hamkorlikka oid masalalar, energetika sohasidagi qo‘shma loyihalar, transport va qishloq xo‘jaligi, shuningdek, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik loyihalarini muhokama qiladilar", — deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga aprel oyi boshlarida rasmiy tashrif uyushtiradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar