
Ozarbayjonda kuyov nikoh to‘yiga kelmagan mehmonlarni sudga berishga hozirlik ko‘rmoqda. Bu haqda «RIA Novosti» nashriga asoslanib, «Daryo» xabar berdi.
Advokat Vugar Safarliga ismini oshkor qilishni xohlamagan shaxs nikoh to‘yiga taklif qilingan biroq kelmagan shaxslarni sudga bermoqchiligini ma’lum qilgan.
Advokat tomonidan berilgan xabarga ko‘ra, bunday murojaatning qoniqtirilishiga ishonish qiyin. «Tan olish kerakki, so‘nggi vaqtlarda Ozarbayjonda nikoh to‘ylarini o‘tkazishga biznesning bir turi sifatida qaraydiganlar ko‘paymoqda»,— deydi advokat o‘z xabarida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar