date

Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi kuni aniq bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi kuni aniq bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 5 aprel kuni davlat tashrifi bilan Rossiyada bo‘ladi. Bu haqda "Kommersant’" nashriga tayanib "Daryo" xabar berdi.

Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasi tashrifga tayyorgarlik ko‘rilayotganini tasdiqlagan, biroq aniq sana haqida biror nima deyilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti sifatida ilk marta Rossiyaga boradi. Prezident Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishi rejalashtirilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi kuni aniq bo‘ldi