Samarkandda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi mushtlashib ketishdi

Samarkand viloyati, Urgut tumanidagi 2-maktabda direktor o‘rinbosari va 9-sinf o‘quvchisi o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi. Holatni ko‘rsatuvchi video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.
Samarkand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati xabar berishicha, bu voqea 2 aprel kuni darsdan so‘ng, maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda o‘quvchi o‘rtasida sodir bo‘lgan.
Boshqarma tomonidan ma’lum qilinishicha, ular o‘quvchilarga nisbatan har qanday qo‘pol munosabatni keskin qoralaydi. Voqea yuzasidan maxsus ishchi guruh tuzilib, hamma tomonlama o‘rganilmoqda.
Hozirda holat huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tekshirilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Maxsus guruh voqeaning sabablarini aniqlab, kelgusida bunday holatlarni oldini olish choralarini ko‘rishni rejalashtirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!