MIB: Kelin seplari byuro xodimlari yordamida qaytarildi

MIBning Sirdaryo viloyati Boyavut tuman bo‘limi xodimlari sud qarorini ijro etib, kelinning seplarini qaytarishda yordam berdi. Sobiq kuyov dastlab mol-mulkni topshirishga qarshilik ko‘rsatgan bo‘lsa-da, tushuntirish ishlari natijasida rozi bo‘ldi. Yakunda 16 turdagi kelinlik seplarining barchasi egasiga yetkazildi.
Baʼzida dabdabali to‘ylar ortidan qilingan ortiqcha xarajatlar oqibatida oilada turli nizolar kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.
Achinarlisi shundaki, baʼzida bunday kelishmovchiliklar oilalar buzilishiga ham olib kelmoqda.

Majburiy ijro byurosining Sirdaryo viloyati Boyovut tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan sud qaroriga ko‘ra, sobiq kuyovning uyida qolgan 16 turdagi kelinlik seplarini undiruvchiga olib berilishi belgilangan.
Dastlab javobgar taraf seplarini olib ketilishiga qarshilik ko‘rsatgan bo‘lsada, davlat ijrochisining tushuntirish ishlari natijasida, sud qarorida ko‘rsatilgan barcha seplar kelinga olib berildi.































Izohlar 0
…