19:52 / 04.04.2017
7 508

Mahalliy dori vositalari narxi 44 foizgacha pasaydi

Shu yilning 4 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan O‘zbekiston farmasevtlarining Pharmclub.uz hamkorligida davra suhbati tashkil qilindi.
Mahalliy dori vositalari narxi 44 foizgacha pasaydi
Ma’lumki, o‘tgan yilning 31 oktyabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, tegishli mutasaddi vazirlik va idoralar oldiga aniq vazifalar qo‘yildi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Qarorga asosan, endilikda chetdan olib kelinadigan hamda mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan sotib olinadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji va chakana sotish, ularni etkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qat’i nazar:
  • ulgurji savdo uchun sotib olingan qiymatidan 15 foizdan,
  • chakana savdo uchun ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda belgilanadigan cheklangan savdo ustamalari qo‘llanilgan holda amalga oshirilmoqda.

Qayd etilishicha, cheklangan narxlarda sotuvga chiqariladigan mahalliy dori vositalari va tibbiy buyumlarning 2016 va 2017 yillar uchun taqqosiy jadvali mahalliy dori vositalarining narxi 8 foizdan 44 foizgacha pasaygan.

Yana bir muhim jihat esa, tibbiyotda keng qo‘llaniladigan ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari uchun muayyan narxlar joriy etilganidir.

Qarorda nazarda tutilgan cheklangan narx belgilangan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan dori vositalari va tibbiy buyumlar to‘g‘risida ma’lumot:

Shuningdek, 2017 yilning 1 yanvaridan boshlab respublikadagi barcha dorixonalarda “Iste’molchilar burchagi” tashkil etilib, unda dorixonalar uchun majburiy bo‘lgan eng zarur dori vositalari va tibbiy buyumlarning minimal ro‘yxati, reseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxati, belgilangan narxlarda sotiladigan dori vositalari va tibbiy buyumlarning cheklangan narxlari, cheklangan narxlarda sotuvga chiqariladigan mahalliy dori vositalari va tibbiy buyumlarning 2016 va 2017 yillar uchun taqqosiy jadvali ilindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mahalliy dori vositalari narxi 44 foizgacha pasaydi