10:41 / 05.04.2017
7 711

Astraxanda Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi

Astraxanda Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi
Rossiyaning Xalq xo‘jaligi va davlat xizmatlari akademiyasining Astraxandagi bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi. Bu haqda Astraxan viloyati hukumat saytiga tayanib "Qalampir.uz" xabar berdi.

Ko‘rgazmani “O‘zbekiston” o‘zbek madaniyati hududiya jamoat tashkiloti tashkil etdi. Unda Islom Karimovning siyosat va turmush tarzidagi, oilasiviy hamda Rossiyaga tashrifi chog‘ida tushgan suratlari, shuningdek, Islom Karimov tarjimai holi va Respublikadagi siyosiy vaziyat haqidagi kitoblar ham taqdim etildi.

Avvalroq Toshkentda Islom Karimov siymosi tasvirlangan haykalni yaratish bo‘yicha xalqaro ijodiy tanlovga qo‘yilgan loyihalar ko‘rgazmasi ochilgani haqida xabar qilgan edik.



arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Astraxanda Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi