O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 4 aprel kuni “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi, deb yozadi "Qalampir.uz" nashri.
Ushbu qarorga ko‘ra, quyidagilar onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:
- onkologik kasalliklarning oldini olish va barvaqt tashxis qo‘yish chora-tadbirlarini takomillashtirish, saraton kasalliklarini barvaqt aniqlashning skrining dasturlarini bosqichma-bosqich hamma joyda tatbiq etish;
- aholining tashxis qo‘yish va davolashning zamonaviy yuqori texnologiyali usullaridan foydalanishini yaxshilash, onkologik kasalliklarni davolashning yuqori samaradorligiga erishish, onkologiya muassasalarining dori vositalari, reagentlar va sarflash materiallari bilan ta’minlanish darajasini oshirish;
- yangi onkologiya muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash, tibbiyot uskunalari, asboblar va inventar bilan jihozlash (to‘liq jihozlash) asosida ularning moddiy-texnik bazasini modernizasiya qilish;
- onkologiya muassasalarining kadrlar salohiyatini mustahkamlash hamda onkologik kasalliklarning oldini olish, tashxis qo‘yish va davolash sohasida respublikadagi ilmiy tadqiqotlar doirasini kengaytirish, shuningdek, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va ilmiy ishlanmalarning zamonaviy jahon tajribasini milliy sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etish. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”