O‘zbekiston prezidenti tomonidan 2016 yilning 16 sentyabrida imzolangan "Ichki ishlar organlari to‘g‘risida"gi qonun joriy yilning 17 martida kuchga kirdi, deb xabar qildi "Xalq so‘zi" gazetasiga tayanib "Sof.uz" nashri.
Ushbu Qonun ichki ishlar organlari maqomi, faoliyatining shakl va usullarini har tomonlama tartibga solish barobarida, uni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilishi bilan ahamiyatliligi aytilgan.
Ta’kidlanishicha, qonunda ichki ishlar organlari asosiy vazifalari, faoliyat yo‘nalishlari va prinsiplari mustahkamlab qo‘yilgan. "Ichki ishlar organlarining fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasini, jamoat tartibini va jamoat xavfsizligini, yuridik hamda jismoniy shaxslar mol-mulki himoyasini ta’minlash bilan bog‘liq vazifalari huquqiy jihatdan kafolatlanadi", — deyiladi xabarda.
Qonunning ichki ishlar organlarining vakolat va majburiyatlari, shuningdek, ushbu idoralarda xizmat o‘tash tartibi va shartlari, xodimlarning huquqiy va ijtimoiy himoyasi yaxlit hujjatda mujassam etilgan. Mazkur sohani huquqiy tartibga solishning xorijiy va milliy tajribasi inobatga olingan holda ishlab chiqilgan Qonun O‘zbekiston Respublikasida ilk bor ichki ishlar organlari va xodimlarining davlat miqyosida huquqiy maqomini qonun darajasida mustahkamlash, ularning ijtimoiy zarurati va ahamiyatini e’tirof etishda ham muhim o‘rin tutadi.
Ushbu hujjatning asosiy yo‘nalishi — ichki ishlar organlari faoliyatini amalga oshirish jarayonida fuqarolar huquqiy himoyasini ta’minlashga qaratilgan, huquqbuzarliklarning oldini olish va unga chek qo‘yishdan iborat. Shu bilan birga, shaxslarni ham noqonuniy ijtimoiy xavfli xurujlardan, ham xodimlar tomonidan ichki ishlar organlariga yuklatilgan vazifalarni bajarish chog‘idagi noqonuniy xatti-harakatlardan himoya qilishni ta’minlaydi.
Qonunda ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy prinsiplarining har biri alohida ochib berilgan, qo‘llash uchun ruxsat etilgan maxsus vositalarning muayyan ro‘yxati, fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga rioya qilish kafolatlari nazarda tutilgan.
Ma’lumki, so‘nggi yillarda yoshlar o‘rtasida ichki ishlar organlari tizimida xizmatni o‘tash hamda ishga kirishga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Shuni inobatga olgan holda aytish joizki, Qonunda ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilish va xizmatdan bo‘shatish bilan bog‘liq xizmat munosabatlarining tartibga solingani, bu borada ochiqlik va oshkoralik tamoyillari belgilab qo‘yilgan hamda ichki ishlar organlari xodimlarining ijtimoiy va huquqiy himoyasini ta’minlashga qaratilgan bir qator normalar mustahkamlangan.
Bu esa, o‘z navbatida, ushbu tizimda xizmat qilishga bel bog‘lagan mard, jasur va vatanparvar yoshlar safini yanada kengaytirish, ayni paytda ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat vazifalarini sidqidildan bajarishlarini ta’minlashda dolzarb ahamiyat kasb etadi.
"Qonunda ichki ishlar organlari faoliyatining eng muhim tamoyillari sifatida qonuniylik, huquqni hurmat qilish va unga rioya etish, fuqarolarning erkinligi va qonuniy manfaatlari, ochiqlik va shaffoflik kabi umuminsoniy qadriyatlar o‘z ifodasini topgan", — deyilgan xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi