Kolumbiyaning Mokoa shahrida ro‘y bergan tabiiy ofatda kamida 102 nafar bola halok bo‘ldi. Ofatlar tahdidi bo‘yicha milliy boshqarmaning ma’lum qilishicha, bunga kuchli sel oqimi sabab bo‘lgan, deb yozadi "Kun.uz" nashri.
Boshqarmaning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, fojiada jami 314 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Avvalroq, 301 kishining qurbon bo‘lgani aytilgandi. Bundan tashqari, 332 kishi jarohat olgan. Ayni vaqtda, 247 kishining jasadi dafn etishlari uchun yaqinlariga berilgan.
Hukumat vakillari 127 nafar bedarak yo‘qolgan shaxslarga doir ma’lumotlarni ham to‘plagan. Ular orasida Ispaniya, Germaniya va Ekvadorning bir nafardan fuqarosi ham bor.
1 aprelga o‘tar kechasi surunkali yomg‘irlardan so‘ng o‘zanidan chiqib ketgan Mokoa, Sangoyako va Mulatos daryolari Mokoa shahrida dahshatli toshqinga sabab bo‘lgan edi. Shahar ko‘chalari loyqa va yirik toshlar bilan to‘lib toshdi. Suv ta’minoti, elektr uzatish tarmog‘i va gaz uzatish tizimi ishdan chiqdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”