Shavkat Mirziyoyev Shvetsiya Qiroliga hamdardlik bildirdi
Kecha, 7 aprel kuni Shvetsiya poytaxti Stokgolm shahri markazidagi Drotninggatan ko‘chasida yuk mashinasi piyodalarni bosib ketgani haqida xabar bergan edik.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mazkur voqea yuzasidan Shvetsiya Qiroli Karl XVI Gustavga maktub yo‘lladi. Bu haqda TIV Axborot xizmatiga tayanib "Qalampir.uz" xabar berdi.
"Stokgolm shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida insonlar halok bo‘lishi munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirib, halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy dalda so‘zlarini yetkazdi hamda barcha jarohat olganlarga tez orada sog‘ayishni tiladi", deyiladi xabarda.






























Izohlar 0
…