18:37 / 09.04.2017
7 032

Dunyoning eng rahmdil insonlari qayerda yashashadi?

Dunyoning eng rahmdil insonlari qayerda yashashadi?
Psixologlar 70 ga yaqin mamlakat aholisining mentalitetini o‘rganib chiqib, eng rahmdil va hissiyotga beriluvchan odamlar Ekvadorda, Saudiya Arabistonida, Peru va Daniyada yashashini aniqladi. Polsha, Litva, Estoniya va Bolgariya aholisi esa qo‘rs deb topildi. Journal of Cross-Cultural Psychology jurnalida chop etilgan maqolaning mazmunini «RIA Novosti» keltirdi, deb yozadi "Sof.uz" nashri.

Ist-Lensingdagi (AQSh) Michigan universiteti xodimi Uilyam Chopikning ma’lum qilishicha, tadqiqot natijalari faqat hozirgi paytni aks ettiradi, negaki vaqt o‘tishi bilan his-tuyg‘ular shakli va darajasi turli mamlakatlarda o‘zgarib boradi. Bu ayniqsa kuchli migrasiyaga duchor mamlakatlar, jumladan, AQShga xosdir.

So‘rovda jami 100 ming kishi ishtirok etdi. Olimlar bu insonlarning nafaqat o‘z his-tuyg‘ulari, balki ular boshqa xalqlar haqida nima deb o‘ylashi bilan ham qiziqib ko‘rdi. Bundan tashqari, dunyoning bir chetida sodir bo‘lgan voqea boshqa hudud aholisining his-tuyg‘ulariga qanday ta’sir o‘tkazishi ham tadqiqotda aks etdi.

AQSh joriy reytingda ettinchi o‘rinni egalladi. Lotin Amerikasining ikkita, Fors ko‘rfazining uchta mamlakati va Daniyada bu ko‘rsatkich bo‘yicha AQShdan ustun turishi aniqlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dunyoning eng rahmdil insonlari qayerda yashashadi?