09:16 / 14.04.2017
8 223

Toshkentda fohishalarga nisbatan kurash kuchaymoqda

Toshkentda fohishalarga nisbatan kurash kuchaymoqda
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan fohishaxona saqlash, qo‘shmachilik qilish kabi jinoyatlarni oldini olish maqsadida olib borilgan “ORIYaT” tadbiri davomida jami 30ta holat aniqlangan, deb yozadi Kun.uz nashri.

Toshkent IIBBda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida ma’lum qilishlaricha, Jinoyat kodeksining 131-moddasi, ya’ni fohishaxona saqlash va qo‘shmachilik qilish alomatlari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, 7-13 aprel kunlari o‘tkazilgan tadbirlarda 69 nafar shaxs fohishalik bilan shug‘ullanib kelayotganligi,
84 nafar shaxslar jamoat joylarida spirtli ichimlik iste’mol qilganligi aniqlanib, barchasiga nisbatan ma’muriy ta’sir choralar ko‘rildi.

Xususan, 13 aprel kuni Yashnobod tumanida 4 nafar fohisha ayol va 7 nafar hind millatiga mansub xorijlik fuqaro fohishaxonada ushlangan. Ayni vaqtda ushbu ish yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilayapti.

Muqaddam sudlanganlar, profilaktik hisobda turuvchilar o‘rtasida ham profilaktik ishlar amalga oshirildi.Jumladan, 674 nafar muqaddam sudlangan shaxslar, 1046 nafar ichki ishlar idoralarining profilaktik hisobida turgan shaxslar bilan suhbatlar o‘tkazildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda fohishalarga nisbatan kurash kuchaymoqda