
Butunjahon iqtisodiy forumi mutaxassislari dunyodagi eng xavfsiz davlatlar reytingini taqdim etishdi, deb yozadi Kun.uz nashri.
136 davlatdan iborat ro‘yxatda Finlyandiya etakchilik qilmoqda, u o‘tgan yili ham birinchi o‘rinni egallagandi. Ikkinchi o‘rin Birlashgan Arab Amirliklariga berilgan bo‘lsa, kuchli uchlikka Islandiya yakun yasadi.
Dunyodagi eng xavfsiz bo‘lmagan davlatlar sifatida esa Kolumbiya (136), Yaman (135) va Salvador (134) tan olindi.
Ro‘yxat davlat hududidagi qurolli mojarolar, jinoyatchilik darajasi va terrorchilik tahdidi kabi omillar asosida tuzilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar