date

Lacetti avtomobili 77 ta to‘lanmagan jarimasi borligi uchun xatlandi

Majburiy ijro byurosi tomonidan sud va boshqa vakolatli organlar hujjatlarining o‘z vaqtida va to‘liq ijrosini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, ma’muriy jarimalarni undirish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar doirasida qarzdorlarning mol-mulklariga nisbatan qonun doirasida ta’sir choralari qo‘llanilmoqda.

Ana shunday ijro harakatlaridan biri davomida, Lacetti rusumli avtotransport vositasi egasi tomonidan to‘lanmagan jami 77 ta ma’muriy jarima mavjudligi aniqlandi. Belgilangan muddatlarda qarzdor tomonidan ushbu jarimalar ixtiyoriy tarzda qoplanmaganligi sababli, davlat ijrochisi tomonidan qonunchilik talablariga muvofiq mazkur avtotransport vositasi xatlandi.

Ijro harakatlari jarayonida transport vositasi tegishli tartibda rasmiylashtirilib, vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi. Qarzdorga mavjud qarzdorlikni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Lacetti avtomobili 77 ta to‘lanmagan jarimasi borligi uchun xatlandi