19:55 / 17.04.2017
7 274

Ishsiz fuqarolarga eng kam ish haqi to‘lab yangi kasb-hunar o‘rgatiladi

Ishsiz fuqarolarga eng kam ish haqi to‘lab yangi kasb-hunar o‘rgatiladi
O‘zbekiston Vazirlar mahkamasi 2017-2020 yillar davomida ishsiz fuqarolarni profesional qayta tayyorlash va kasb-hunarga o‘qitish markazlari tashkil etish dasturini tasdiqladi, deb yozmoqda Sputnik nashri.

Yangi o‘quv markazlari davlat ta’lim muassasalari bo‘lib, ular Mehnat vazirligiga bo‘ysunadi. Ishsiz fuqarolarga yarim yil davomida eng kam ish haqi miqdorida stipendiya to‘lanadi.

Yangi o‘quv markazlarda eng uzog‘i bir yil davomida ta’lim olish mumkin, eng uzoq stipensiya olib o‘qish davri — olti oy.

Ushbu markazlarda tashkilot va muassasalar buyurtamalariga qarab, pullik, qisqa muddatli o‘quv — tayyorlov kurslari ham tashkil qilinishi mumkin.

Qarorda aytilishiga ko‘ra, respublika bo‘ylab 11 ta shunday markazlar tashkil qilinadi. Ular Nukus, Andijon, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Namangan, Guliston, Termez, To‘ytepa va Urgench shaharlarida tashkil qilinadi.

Qarorning to‘liq matni bilan lex.uz sahifasida tanishish mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ishsiz fuqarolarga eng kam ish haqi to‘lab yangi kasb-hunar o‘rgatiladi