13:31 / 18.04.2017
6 494

Toshkentdan uy olib berishni va’da qilib, katta miqdordagi pulni o‘zlashtirishga uringan firibgar qo‘lga tushdi

Toshkentdan uy olib berishni va’da qilib, katta miqdordagi pulni o‘zlashtirishga uringan firibgar qo‘lga tushdi
25 yoshli samarqandlik fuqaro poytaxtimizning Yashnobod tumani hududida 1971 yilda tug‘ilgan qoraqalpog‘istonlik ayolni firibgarlik yo‘li bilan aldashga urindi, deb yozadi Uz24 sayti.

Vaqtincha Mirobod tumanida ro‘yxatda turgan ayolning ishonchiga kirib, unga uy olib berishni va’da qilib 4 mln so‘m va 3000 dollarni olib ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan. IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, firibgar ko‘p o‘tmay ichki ishlar xodimlari tomonidan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyatni sodir etish sabablarini aniqlash maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdan uy olib berishni va’da qilib, katta miqdordagi pulni o‘zlashtirishga uringan firibgar qo‘lga tushdi