18:10 / 20.04.2017
6 840

Sirdaryoda poraxo‘r mayor uch yil muddatga qamaldi

Sirdaryoda poraxo‘r mayor uch yil muddatga qamaldi
Sirdaryo viloyati Hovos tumani IIB xodimi mayor Nodirbek Umarovning ish yurituvida fuqarolar G.M. va Sh.N. larning o‘zaro jinsiy aloqada bo‘lganligi tug‘risidagi material mavjud edi. Ishni yaxshilab o‘rganib chiqqan mayor bu ishdan o‘ziga manfaat keltira olishni o‘ylab qoldi, deb yozadi “Kun” nashri.

Mayor o‘z kabinetiga Sh.N.ni chakirdi va uni “endi bu qilmishing uchun qamalishing mumkin, xohlasang  men senga yordam berib yuboraman”, deb qo‘rqitgan.

“Yordam bersangiz men ham qarab turmayman”, - dedi rangi quv o‘chib Sh.N. Bir necha kundan keyin u Sh.N.ga qo‘ng‘iroq qilib oldiga chaqirdi va “Xo‘sh, o‘ylab ko‘rdingmi, G.M.ga uylanasanmi”, - deb so‘radi.

Sh.N. esa oilasi va 2 ta farzandi borligini hamda unga uylana olmasligini aytdi va mayordan yordam so‘radi. Mayor unga barmog‘i bilan 500 dollar ber, deb ishora kildi. 

IIBdan chiqqan Sh.N. bu suhbat hakida tegishli idoraga murojaat qildi. Mayor N.Umarov 300 dollar porani olayotganida qo‘lga olindi. 
Sirdaryo viloyati Yangier tuman Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi nafsining quli bo‘lgan mayorga 3 yil ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryoda poraxo‘r mayor uch yil muddatga qamaldi