12:20 / 26.04.2017
6 942

AQShda polisiya echkilarni “qo‘lga oldi”

AQShda polisiya echkilarni “qo‘lga oldi”
AQShning Men shtatidagi Belfast shahrida polisiyachi ko‘chada tentirab yurgan ikki echkini qo‘lga oldi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.

Echkilar ularni garajda saqlovchi egasidan qochib ketgan. Polisiyachi Deniel Fitzpatrik (Daniel Fitzpatrick) Luis va Magli laqabli o‘txo‘rlarni ko‘chadan topib, ularni patrul mashinasidagi mushuklar uchun mo‘ljallangan arqonga bog‘ladi. Och qolgan beboshlarga meva-cheva berdi. U echkilarning suratini Feysbuk ijtimoiy tarmog‘ining polisiya bo‘limi sahifasiga joylashtirdi.

Oradan bir necha soat o‘tgach, echki egasining qizi internetda Luis va Maglining suratini ko‘rgach, ularni olib ketish uchun bo‘linmaga keldi. Fitzpatrik ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan suratlar tagiga departament echkilarni patrul sifatida ishga qabul qilayotgani haqidagi hazil izohni qoldirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » AQShda polisiya echkilarni “qo‘lga oldi”