Starlink AQShda internet tezligini sezilarli darajada oshirdi

SpaceX kompaniyasining Starlink sunʼiy yoʻldosh interneti oʻzining imkoniyatlarini kengaytirib, oddiy simli internet provayderlari bilan raqobatlashadigan darajaga yetdi. Speedtest maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning toʻrtinchi choragida AQShdagi foydalanuvchilar uchun median yuklab olish tezligi 132 Mbit/s ga yetdi. Taqqoslash uchun, bir yil avval bu koʻrsatkich atigi 64 Mbit/s ni tashkil yetgan edi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Hozirda Starlink foydalanuvchilarining qariyb 45 foizi AQSh regulyatori tomonidan «normal internet» deb hisoblanadigan 100 Mbit/s yuklab olish va 20 Mbit/s uzatish tezligiga ega. 2025-yil boshida bunday natijaga yerishgan abonentlar ulushi atigi 17 foizni tashkil yetgan. Bu oʻsish SpaceX kompaniyasining orbitadagi sunʼiy yoʻldoshlar guruhini 10 mingtagacha yetkazgani va Falcon 9 raketalari yordamida amalga oshirilgan 120 dan ortiq muvaffaqiyatli parvozlar bilan bogʻliq.
Yeslatib oʻtamiz, 2023-yilda AQSh Federal aloqa komissiyasi (FCC) Starlinkʼga 886 million dollarlik subsidiyani rad yetgan edi. Oʻsha vaqtda regulyator xizmat tezligi talab darajasida yemasligini vaj qilib koʻrsatgan. Biroq, hozirgi texnik koʻrsatkichlar ushbu qarorning shoshilinch boʻlganini koʻrsatmoqda.
SpaceX kelgusida Starship raketalari yordamida yangi avlod sunʼiy yoʻldoshlarini uchirish orqali tezlikni yanada oshirishni rejalashtirmoqda. Kompaniyaning uzoq muddatli maqsadlari orasida gigabitli tezlikka yerishish va toʻgʻridan-toʻgʻri smartfonlar bilan bogʻlanish imkoniyatini taqdim yetish turibdi.































Izohlar 0
…