16:01 / 26.04.2017
8 525

Braziliyalik yigit plastik jarrohlik yordamida millatini o‘zgartirib, koreysga aylandi (Foto)

Braziliyalik yigit plastik jarrohlik yordamida millatini o‘zgartirib, koreysga aylandi (Foto)
Har doim inson o‘zligini yo‘qotmasligi lozimligi ta’kidlansa-da, ba’zi bir odamlar kimlargadir o‘xshashga, birovning qiyofasiga kirishga harakat qiladi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Million dollarlab daromad keltiruvchi plastik jarrohlik sanoati ham aynan shu maqsad uchun xizmat qiladi. Braziliyalik yigit uzoq o‘ylangandan keyin millatini o‘zgartirib, koreysga aylanishga qaror qildi. So‘nggi 8-10 yil davomida Janubiy Koreya o‘zining madaniyati, turistik salohiyati, sentimental kinoseriallari bilan yoshlarni o‘ziga jalb etdi va ularni “koreys” millatining muxlisiga aylantirib qo‘ydi.

Kimgadir yoki nimagadir mehr qo‘yishning yomon tomoni yo‘q, ammo hamma narsada ham me’yor bo‘lishi lozim. Braziliyalik talaba yigit 3 ming dollar evaziga 10 marotaba plastik jarrohlik operasiyasini boshdan kechirib, moviy ko‘zli, mallasoch yigitdan, moda jurnallari muqovasida surati chop etiladigan koreys yigitga aylandi, qo‘ydi. U o‘zini koreys pop yulduzi sharafiga Xiahn, deb atadi.

2014 yilda ilk marotaba o‘tkazilgan jarrohlik operasiyasidan beri Xiahn tanib bo‘lmas darajada o‘zgardi. U hozirgi kunda turli fotosessiyalarda ishtirok etmoqda. “Qilgan ishimdan sira ham afsuslanmayman, ammo boshqa plastik jarrohlik operasiyasi o‘tkazish niyatim yo‘q”, -dedi braziliyalik “koreys” yigit jurnalistlarga bergan intervyusida.






arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Braziliyalik yigit plastik jarrohlik yordamida millatini o‘zgartirib, koreysga aylandi (Foto)