Bank qarzini to‘lamagani uchun fuqoroning “Hyundai Elantra” avtomobili xatlandi

Bank qarzini to‘lamagani  uchun fuqoroning “Hyundai Elantra” avtomobili xatlandi

Buxoroda bank qarzini to‘lamagan korxonaga tegishli "Hyundai Elantra" avtomobili xatlandi. Sud hujjatiga ko‘ra, "Husen Susana Expidition" MCHJdan "Sanoat-qurilish bank" foydasiga 154 million 778 ming so‘mdan ortiq qarz undirilishi belgilangan.

Qarzdorga mablag‘ni ixtiyoriy to‘lash uchun muddat berilgan. Biroq belgilangan vaqtda qarz qoplanmagani sabab majburiy ijro harakatlari boshlangan.

Ijro jarayonida korxona mol-mulklari aniqlanib, ularga taqiq qo‘yilgan. Korxona balansidagi "Hyundai Elantra" avtomashinasi esa qidiruvga berilgan.

Avtomobil topilganidan so‘ng qarzdor uni jarima maydonchasiga ixtiyoriy topshirishdan bosh tortgan. Shu sabab mashina evakuator orqali olib ketilgan.

Agar qarz yaqin vaqtda to‘lanmasa, avtomobil baholanib, elektron auksionga chiqariladi. Tushgan mablag‘ sud qarorida ko‘rsatilgan qarzni qoplashga yo‘naltiriladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar