22:50 / 27.04.2017
7 478

Kanadada qurilish maydonidagi kranga chiqib olgan ayol qutqarildi

Kanadada qurilish maydonidagi kranga chiqib olgan ayol qutqarildi
Kanadaning Toronto shahri qutqaruvchilari noma’lum sabablarga ko‘ra, hech qanday himoya vositasisiz qurilish kraniga chiqib olgan ayolni qutqardi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

26 aprel kuni shahar aholisi shahar markazidagi qurilishlardan biridagi balandligi 12 qavatli uy bilan teng bo‘lgan kranning metall konstruksiyasiga chiqib olgan ayolni ko‘rishdi. Voqea joyiga etib kelgan qutqaruv xizmati xodimlari bir necha qutqaruv variantlarini muhokama etib, ayolni qutqarishning yagona yo‘li kran o‘qi orqali yuqoriga ko‘tarilish degan xulosaga kelishdi.

Oqibatda alpinistlarga o‘xshab qurollangan o‘t o‘chiruvchilardan biri kran ilmog‘ida o‘tirgan ayolni qutqarish uchun yuqoriga ko‘tarildi. Jinsi va yengil kurtka kiygan ayol himoya arqoni bilan pastga tushirildi. Qutqaruv ishlari jarayonida ayol qutqaruvchilarga qarshilik ko‘rsatmadi. Uni qutqargan o‘t o‘chiruvchi qiz himoya vositasiz bunday balandlikka qanday ko‘tarilganiga hayron bo‘ldi. Kran tepasiga chiqib olgan ayol, 23 yoshli mahalliy aholi vakilasi Marisa Lazo ekanligi ma’lum bo‘ldi, u o‘zining harakatlarini tushuntirib berolmadi. Marisa jamoat tartibini buzganligi uchun sud oldida javob beradigan va nima uchun kran tepasini mahalliy matbuot vakillariga izohlaydigan bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kanadada qurilish maydonidagi kranga chiqib olgan ayol qutqarildi