Kitob tumanidagi adirlikda quruq o‘tlar yondi

Kitob tumanidagi adirlikda quruq o‘tlar yondi
Qisqacha

Bugun, 1 avgust kuni soat 13:35 da Qashqadaryo viloyati Kitob tumani «Qaynar» MFY hududidagi yo‘l bo‘yida joylashgan adirlikda quruq o‘tlar yondi. Xabar kelib tushishi bilan voqea joyiga Kitob tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 11-qutqaruv qismidan bir qutqaruv bo‘linmasi yetib bordi. Mutaxassislar ko‘rgan zarur choralar natijasida yong‘in soat 15:20 ga kelib to‘liq o‘chirildi. Mazkur hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmadi.

Bugun, 1 avgust kuni soat 13:35 da Qashqadaryo viloyati Kitob tumani «Qaynar» MFY hududidagi yo‘l bo‘yida joylashgan adirlikda quruq o‘tlar yonishi qayd etildi. Qashqadaryo viloyati FVB axborot xizmati ma’lum qildi.

Xabar kelib tushishi bilan voqea joyiga Kitob tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 11-qutqaruv qismidan bir qutqaruv bo‘linmasi yetib bordi. Mutaxassislar tomonidan yong‘inning keng tarqalib ketishining oldini olish va uni qisqa vaqt ichida bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi.

Tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 15:20 ga kelib to‘liq o‘chirildi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar