Germaniya klinikalari o‘zbekistonlik mutaxassislarga qiziqish bildirmoqda

Germaniyada tibbiyot xodimlari tanqisligini kamaytirish maqsadida O‘zbekistondan mutaxassislarni jalb etish dasturi ishga tushirildi, deb DW xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniyada 2024 yil davomida parvarishlash sohasida 32,6 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rni to‘ldirilmagan. Shu sabab mamlakat xorijiy mutaxassislarni faol jalb qilishga kirishgan.
Berlin va Toshkent o‘rtasida migratsiya hamda mobillik bo‘yicha kelishuv imzolangach, O‘zbekiston tibbiyot xodimlariga bo‘lgan qiziqish yanada ortgan. Germaniya tomoni O‘zbekistonda tayyorlangan mutaxassislarning malakasini tan olish jarayoni nisbatan tezroq kechishini ta’kidlamoqda.
Hamkorlik doirasida 2026 yilda nemis tilini B2 darajasigacha o‘rgangan va kasbiy moslashuvdan o‘tayotgan 20 nafar tibbiyot xodimidan iborat ilk guruhni Germaniyaga yuborish rejalashtirilgan.
Mutaxassislar fikricha, bu loyiha o‘zbekistonlik tibbiyot xodimlari uchun xalqaro mehnat bozorida yangi imkoniyatlar yaratishi mumkin.






























Izohlar 0
…