Yo‘l talashuvi oqibatida erkak 15 sutkaga qamaldi

Yo‘l talashuvi oqibatida erkak 15 sutkaga qamaldi

Toshkent shahrining Uchtepa tumanida yo‘l ustidan talashib, ayol haydovchini haqorat qilgan erkak 15 sutkaga ma’muriy qamoqqa olindi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan ma’lum qilindi.

Jabrlanuvchi ayolning so‘zlariga ko‘ra, u qizini bog‘chaga olib borib qo‘ygach, sekin orqaga harakatlanayotgan bo‘lgan. Shu paytda mahalla ichida, ikkita bog‘cha mavjud bo‘lgan yo‘l orqali harakatlanayotgan erkak uning yo‘liga kelib qolgan. Ayolning ta’kidlashicha, u vaziyatni tushunib, mashinasini chetga olib o‘tgan.

U orqaga qaytgan vaqtda ham o‘sha yo‘lda harakatlanish mumkin bo‘lgan holat mavjud bo‘lgan. Ammo erkak unga yo‘l bermasdan o‘tib ketishi mumkin bo‘lsa-da, vaziyat keskinlashgan. Jabrlanuvchiga ko‘ra, unga nisbatan qo‘pol so‘zlar, haqoratlar ishlatilgan, hatto telefon qo‘lidan tortib olingan va qaytarib berilmagan.

Ayolning aytishicha, ushbu holatdan so‘ng u qattiq ruhiy ta’sir ostida qolib, hali ham o‘zini qo‘lga ola olmayapti.

Ma’lum qilinishicha, ushbu holat yuzasidan jamoat joyida uyatli so‘zlar bilan haqorat qilib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan buzgan shaxsga nisbatan Uchtepa tumani Ichki ishlar organlari tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. To‘plangan hujjatlar belgilangan tartibda Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga taqdim etilgan.

Sud qaroriga ko‘ra, erkakka 15 sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. U o‘z so‘zlarida xatosini tan olib, kechirim so‘raganini bildirgan. U kelgusida bunday holat qaytarilmasligini, jahlini jilovlashni o‘rganishini ta’kidlagan.

Hodisadan so‘ng jabrlanuvchi ayolni himoya qilish maqsadida unga himoya orderi ham berilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar