16:25 / 28.04.2017
7 727

Farg‘onada Qirg‘izistonga olib o‘tuvchi 120 metrlik yashirin er osti yo‘lagi aniqlandi

Farg‘onada Qirg‘izistonga olib o‘tuvchi 120 metrlik yashirin er osti yo‘lagi aniqlandi
O‘zbekiston MXX Farg‘ona viloyatida noqonuniy kontrabanda faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqaro faoliyatiga chek qo‘ydi. 2016 yil mart oyida O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari tezkor bo‘linmalari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida viloyatning Oltiariq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning noqonuniy xatti-harakatlariga barham berildi deb yozadi Kun nashri.

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan brifingda MXX Matbuot markazi katta xodimi Yo‘ldosheva Lolaning ma’lum qilishicha, ushbu fuqaro xonadonidan Qirg‘iziston hududiga olib boruvchi 120 metrlik er osti yo‘lagi aniqlangan. Bu ushbu uy egasiga kontrabanda faoliyati bilan erkin shug‘ullanishiga imkon bergan.

Ta’kidlanishicha, Qirg‘iziston xavfsizlik xizmatlari bilan hamkorlikda olib borilgan sa’y-harakatlar sababli mazkur er osti yo‘lagi bartaraf etildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada Qirg‘izistonga olib o‘tuvchi 120 metrlik yashirin er osti yo‘lagi aniqlandi