08:10 / 29.04.2017
7 203

AQSh polisiyasi "qurollangan" mushukni qo‘lga tushirmoqchi bo‘ldi

AQSh polisiyasi "qurollangan" mushukni qo‘lga tushirmoqchi bo‘ldi
AQShning Nyuport shahri (Oregon shtati) polisiyasi fuqarolardan biri daraxtda "panjalarida avtomat ushlagan" mushuk o‘tirganini ma’lum qilgandan keyin bu "qurollangan" mushukni qo‘lga olgani otlangan.

Polisiya bu xabar mantiqsiz tuyulsa-da, biroq voqea joyiga etib kelgan. Ma’lum bo‘lishicha, "avtomat" oddiy shox bo‘lib chiqqan.

"Bugun ertalab qurollangan mushuk haqida tushgan xabar asossiz bo‘lib chiqdi. Xizmat itimiz mushukni tekshirgan va mushuk oddiy shox ushlab olgani aniqlangan. Mushukka yanglish tarzda avtomat deb qabul qilingan narsa bilan suratga tushgani uchun og‘zaki ogohlantirish berilgan", deb hazil aralash ma’lum qilingan polisiya xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » AQSh polisiyasi "qurollangan" mushukni qo‘lga tushirmoqchi bo‘ldi