Turkiyada uch kun ichida 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

Turkiyada uch kun ichida 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi

So‘nggi uch kun ichida Turkiyada 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etgani ma’lum qilindi.

11 iyun kuni Istanbuldagi Shimoliy Marmara avtomagistralida sodir bo‘lgan YTHda 31 yoshli o‘zbekistonlik ayol, uning turkiyalik turmush o‘rtog‘i va 2 oylik farzandi halok bo‘ldi.

12 iyun kuni Tuzla tumanidagi yana bir yo‘l-transport hodisasida 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosi og‘ir jarohatlar oqibatida vafot etdi.

Shuningdek, uzoq vaqt onkologik kasallik bilan kurashgan 58 yoshli o‘zbekistonlik ayol Istanbuldagi shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi marhumlarning yaqinlariga hamdardlik bildirib, jasadlarni Vatanga yuborish va konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar