AQSH va Janubiy Koreyaga noqonuniy yuborishni va’da qilganlar ushlandi

AQSH va Janubiy Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, fuqarolardan pul olgan shaxslar qo‘lga olindi. Tezkor tadbirlar DXX, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazildi.
Toshkentda yashovchi fuqaroni AQSHga ishchi viza asosida yuborishni va’da qilgan shaxs 22 ming dollar talab qilgan. U oldindan 5 ming dollar olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Andijonda esa yana bir shaxs fuqaroni Janubiy Koreyaga ishga yuborish evaziga 6 ming dollar so‘rab, 3 ming dollar olgan vaqtda qo‘lga olindi.
Tekshiruvda u avval ham boshqa bir fuqaroni Janubiy Koreyaga yuborishni va’da qilib pul olgani ma’lum bo‘ldi. Hozirda har ikki holat bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.































Izohlar 0
…