Toshkentda obodonlashtirishda ishlovchi ayollar haqorat qilindi

Toshkentda obodonlashtirishda ishlovchi ayollar haqorat qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi jamoat avtobuslaridan birida yuz bergan bahs aks etgan video tarqaldi.

Videoda obodonlashtirish sohasida faoliyat yurituvchi ayollar avtobusga chiqqanidan so‘ng ayrim yo‘lovchilar tomonidan e’tiroz va haqoratli gaplarga duch kelgani ko‘rinadi.

Keyin esa avtobus salonida og‘zaki tortishuv yuzaga kelgan.Tasvirlarda ayollardan biri o‘zlarining halol mehnat qilayotganini va hozir ham xizmat vazifasi bilan yo‘lga chiqqanini ta’kidlaydi.

Bunga javoban boshqa yo‘lovchi keskin munosabat bildirib, bahs yanada avj olgan. Mazkur video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lib, foydalanuvchilar voqea yuzasidan turli fikrlarni bildirmoqda. Holat bo‘yicha rasmiy izoh hozircha e’lon qilinmagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar