10:38 / 30.04.2017
5 699

Kichik Tramp otasining 100 kun ichidagi asosiy yutuqlarini sanadi

Kichik Tramp otasining 100 kun ichidagi asosiy yutuqlarini sanadi
Kichik Trampning fikricha, prezidentning 100 kun ichidagi eng katta yutuqlari IShIDga qarshi kurash, Suriyada raketalar bilan hujum berishda qat’iy qaror qabul qilgani hamda Shimoliy Koreyaga qarshi qat’iy turgani hisoblanadi.

"Otam bosh qo‘mondon sifatida Suriyaning o‘z xalqiga kimyoviy qurol qo‘llagan prezidenti Bashar Asadga qarshi tura olmoqda. Amerika IShIDga qarshi kurashmoqda — Afg‘onistondagi g‘orlardan tortib, Mo‘sulgacha bo‘lgan hududda. Qo‘shma shtatlar Shimoliy Koreyadan kelayotgan tahdidlar bilan ham shug‘ullanmoqa", deya kichik Trampning so‘zlarini keltirgan Fox news.

Uning fikr bildirishicha, Trampning prezidentligi dunyo hamjamiyatiga "amerikancha qat’iylik"ni eslatib qo‘ydi. U otasining xalqaro miqyosdagi muammolar bo‘yicha hal qiluvchi qarorlar qabul qilayotganini e’tirof etgan.

"Mening otamning etakchiligi Amerika chegaralari bilan cheklanib qolmaydi. Ittifoqchilarimiz ham, dushmanlarimiz ham amerikancha qat’iylik nima ekanini ko‘rib olishmoqda", deya qayd etgan kichik Tramp.

Amerikaliklar prezidentining o‘g‘li qayd etib o‘tganki, Tramp AQShning qudratini tiklash va yanada yuksaltirish uchun ish olib bormoqda.

Kichik Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQShning 45-prezidenti "hech qachon qiyin chaqiriqlardan qochmaydi, chunki, mamlakat taqdiri muammolar echilishiga bog‘liq bo‘ladi".

Oq uy rahbari o‘g‘lining fikricha, Trampning prezidentlikdagi 100 kuni "Amerika iqtisodiga bo‘lgan ishonch"ni ham qaytardi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kichik Tramp otasining 100 kun ichidagi asosiy yutuqlarini sanadi