Bog‘chalardagi bolalar xavfsizligi yana savol ostida qoldi: 3 yoshli bola suvga tushib ketib halok bo‘ldi

Samarqand viloyatining Payariq tumanida 3 yoshli bola halok bo‘lishi bilan bog‘liq fojiali holat yuz berdi.
Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, "Yulduzcha" nomli nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi bo‘lgan 2023 yilda tug‘ilgan bola muassasa yaqinidagi suv havzasiga tushib ketgan.
Qayd etilishicha, hodisa umumta’lim maktabi hududida favqulodda holatlar uchun qurilgan suv havzasida sodir bo‘lgan. Bolani qutqarib qolishning imkoni bo‘lmagan va u vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Qashqadaryo viloyatidagi xususiy bog‘chada ham 3 yoshli qizaloqning o‘limi bilan bog‘liq holat sodir bo‘lgan edi. U bog‘cha transportida unutib qoldirilgani oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.






























Izohlar 0
…