20:56 / 30.04.2017
5 900

Dunyodagi eng yirik samolyot-amfibiya sinovi (Video)

Dunyodagi eng yirik samolyot-amfibiya sinovi (Video)
Internetda Xitoyda ishlab chiqarilgan dunyodagi eng yirik samolyot-amfibiya - AG600'ning sinovi videosi taqdim etildi.

Uchish-qo‘nish yo‘lagida o‘tkazilgan sinovlar davomida samolyotning tormoz tizimi, harakatlar traektoriyasi, to‘g‘ri yo‘nalish olish xususiyati tekshiruvdan o‘tkazildi. Shuningdek AG600 180 darajali burilishni amalga oshirdi.

Samolyot yong‘inlarni o‘chirish va suvda qutqaruv amaliyotlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan. Uning yig‘ilishi o‘tgan yilning iyulida Xitoyning Chjuxay shahrida tugatildi.

AG600 20 soniyada o‘z bortiga 12 tonna suvni to‘play oladi. Samolyotning maksimal parvoz og‘irligi 53,5 tonnani tashkil qiladi, parvozning maksimal masofasi esa - 4,5 ming kilometr. Shuningdek samolyotdan dengiz muhiti monitoringi, foydali qazilmalarning joylashuvi razvedkasi hamda yo‘lovchi va yuk tashishda ham foydalanish mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dunyodagi eng yirik samolyot-amfibiya sinovi (Video)