07:48 / 01.05.2017
5 683

AQSh koalisiyasi Suriya va Iroqda 352 kishining o‘limi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

AQSh koalisiyasi Suriya va Iroqda 352 kishining o‘limi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi
AQSh boshchiligidagi koalisiyaning Suriya va Iroqda amalga oshirgan aviazarbalari oqibatida 2014 yildan shu kungacha 352 fuqaro halok bo‘lgan. Bunday ma’lumotlar koalisiyaning rasmiy hisobotida keltirildi.

Tinch aholi orasidagi qurbonlar haqidagi yangi hisobotga avval hisobga olinmagan, 2015 yildan hozirgacha halok bo‘lgan 80 kishi kiritildi. Bundan tashqari, koalisiya 2016 yil noyabridan 2017 yil martigacha bo‘lgan davrda 45 kishining o‘limi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Mart oyida 3 ta aviazarba oqibatida umumiy hisobda 26 kishi halok bo‘lgan.

"Biz fuqarolik shaxslarining halok bo‘lganidan afsusdamiz hamda ularning oilalari va bu zarbalardan jabrlangan barchaga o‘z hamdardligimizni bildiramiz. Bu qasddan qilinmagan", deb aytildi koalisiya bayonotida. Hisobotga ko‘ra, koalisiya 2014 yil avgustidan 2017 yil martigacha Suriya va Iroqda umumiy hisobda 20205 ta aviazarbani amalga oshirgan.

Biroq Reuters axborot agentligining ta’kidlashicha, huquq himoyachilarining baholashicha, aviazarbalar natijasida halok bo‘lgan tinch aholi soni rasmiy ma’lumotlardagidan ancha ko‘proqdir va 3 mingdan ko‘proqni tashkil qiladi.

1 aprelda Pentagon koalisiya aviazarbalari oqibatida 229 fuqaro halok bo‘lganini tan olgan hisobotni chop etgandi. Ulardan bir qismi Mo‘sulni ozod qilish operasiyasi vaqtida halok bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » AQSh koalisiyasi Suriya va Iroqda 352 kishining o‘limi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi