Tuyaga urilgan BYD fojiaga sabab bo‘ldi: yo‘lovchi ayol halok bo‘ldi

Tuyaga urilgan BYD fojiaga sabab bo‘ldi: yo‘lovchi ayol halok bo‘ldi

2025 yil aprel oyida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha sud hukmi yaqinda — joriy yil may oyi oxirlarida e’lon qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, 35 yoshli erkak boshqaruvidagi BYD rusumli avtomobil haydovchisi yo‘l harakati qoidalariga amal qilmagan. Natijada u yo‘lning o‘ng chetida bir erkak yetaklab ketayotgan ikki bosh tuyadan birini mashinaning old o‘ng qismi bilan urib yuborgan.

To‘qnashuv oqibatida avtomobil boshqaruvdan chiqib, yo‘ldan chetga chiqib ketgan.

Hodisa paytida avtomobilning old o‘rindig‘ida bo‘lgan ayol og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, urilgan tuya ham nobud bo‘lgan.

Keyinchalik haydovchi marhumaning qonuniy vakiliga hamda tuya egasiga yetkazilgan moddiy zararlarni to‘liq qoplab bergan.

Sud qaroriga ko‘ra, haydovchi 2 yil muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinib, 3 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Bundan tashqari, tergov davomida qamoqda o‘tkazgan 1 oy 16 kun muddati umumiy jazodan olinib, uning o‘tashi lozim bo‘lgan yakuniy jazo muddati 2 yil 10 oy 14 kun etib belgilandi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar