Foto: Nike
Nike kompaniyasi sport bilan shug‘ullanishga mo‘ljallangan jinsilar yaratilgani haqida ma’lum qildi. The Marketwatch'da xabar berilishicha, kompaniya tegishli patent olish uchun ariza bergan.
Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, innovasion jinsi matosi namlikka chidamli va mustahkamdir. Modellar legins va jinsi aralashmasi hisoblanadi.
"Oddiy jinsi mato nisbatan mustahkam va chidamli bo‘ladi, lekin u sport mashg‘ulotlari, ayniqsa ekstremal sport turlari uchun muhim bo‘lgan elastiklik va boshqa xususiyatlarga ega emas. Biz buni to‘g‘irlaymiz", - dedi kompaniya vakili.
Nike kompaniyasiga 1964 yilda AQShda asos solingan va dastlab u Blue Ribbon Sports deb atalgan. Uning shtab-kvartirasi Oregon shtatidagi Biverton shahrida joylashgan. Kompaniya Nike Golf, NikeLab, Nike Pro, Nike+, Air Jordan va Nike Skateboarding brendlari ostida ham mahsulotlar ishlab chiqaradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”