22:36 / 04.05.2017
6 523

Tojikistonda 10 milisioner oza olmadi. Ular ishdan bo‘shatildi

Tojikistonda 10 milisioner oza olmadi. Ular ishdan bo‘shatildi
Tojikistonda rahbariyat buyrug‘iga ko‘ra ozishga erisha olmagan 10 nafar milisioner ishdan bo‘shatildi. Bu qaror ozish kampaniyasining oraliq natijalaridan keyin qabul qilingan. Shuningdek 100 nafari IIV rahbari Ramazon Rahimzodadan ogohlantirish oldi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar tarqatdi.

«Huquq tartibot organlari xodimlari haftasiga 3 marta 5 kilometr masofani yugurishadi hamda boshqa jismoniy mashqlar bajarishadi. Yil boshida IIV rahbarining milisiya xodimlari uchun bo‘y va vaznni xalqaro standartlar bo‘yicha saqlashga qaratilgan normativ yo‘riqnomasi tarqatilgan», deyilgan IIV xabarida.

Tojikistonlik milisionerlarga tarqatilgan normativ yo‘riqnomaga ko‘ra, 168—170 santimetr bo‘yga ega polisiya xizmatchisining vazni 81 kilogrammdan oshmasligi, 180 santimetr bo‘y uchun vazn 88 kilogramm atrofida bo‘lishi lozimligi belgilangan.

Foto: «Aziya-Plyus»

Milisiya xodimlari orasida semirishga qarshi kurashish qarori shu yilning yanvarida Tojikiston Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan qabul qilingan edi. Vazirlik qarorini amalga oshishini nazorat qilish uchun maxsus komissiya tuzilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tojikistonda 10 milisioner oza olmadi. Ular ishdan bo‘shatildi