23:27 / 04.05.2017
7 955

The Sun: Shahzoda Filip 95 yoshida vafot etdi

The Sun: Shahzoda Filip 95 yoshida vafot etdi
Angliyaning mashhur "The Sun" nashri katta xatolik bilan Buyuk Britaniya Qirolichasi Elizavetaning turmush o‘rtog‘i, Edinburg gersogi Shahzoda Filipning o‘limi haqidagi xabarni adashib nashr qilib yubordi.

"Shahzoda Filip 95 yoshida vafot etdi. Edinburg gersogi nomi bilan ham tanilgan shahzoda Qirolicha Elizavetaning turmush o‘rtog‘i edi. Ushbu juftlikning 4 farzandi bor edi – shahzoda Charlz, malika Anna, shahzoda Endryu va shahzoda Eduard", deyiladi nashr xabarida.

Undan keyin fransuz nashrlari ham xuddi shunday qo‘pol xatolik bilan Shahzoda Filip vafot etgani haqida xabar tarqatib yuborishdi. Xabar bir necha daqiqadan keyin olib tashlandi, lekin Google qidiruv tizimida ancha vaqt qolib ketdi.

Aniqlanishicha, Shahzoda bugun iste’foga chiqqani haqidagi xabardan keyin "The Sun" nashri shoshilishda uning vafoti uchun tayyorlangan maqolani chop etib yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun Buyuk Britaniya qirolichasi Elizaveta xonadoni Bukingem saroyida kutilmaganda favqulodda holat kuzatilgan edi.

Bukingem saroyi matbuot xizmati xodimi ushbu mish-mishlarga oydinlik kiritib, Qirolicha va Shahzoda Filip vafot etmaganini ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » The Sun: Shahzoda Filip 95 yoshida vafot etdi