Chexiyalik avtopoygachi tog‘ yo‘lida bir o‘limdan qoldi

Chexiyalik avtopoygachi tog‘ yo‘lida bir o‘limdan qoldi

Chexiyalik avtopoygachi Tomash Kasperjik Kanar orollaridagi ralli chog‘ida tog‘ cho‘qqisidan tushib ketishiga bir bahya qoldi, deb yozadi Kun.uz sayti.

Videolavhada uning "Ford Fiesta" mashinasida tog‘ yo‘li bo‘ylab katta tezlikda harakatlanayotganini ko‘rish mumkin. Mashina o‘ngga keskin burilish chog‘ida yuqori tezlikda bo‘lgani tufayli chap yoni bilan yo‘l chetidagi to‘siqqa uriladi. Aynan shu uni balandlikdan pastga sho‘ng‘ishdan qutqarib qolgan.

Haydovchi va shturman jiddiy jarohatlar olmagani ta’kidlangan. Kasperjikning o‘zi Facebook sahifasida yozishicha, "afsuski", chempionatning ilk bosqichida falokatga uchragan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar