«O‘zgidromet» respublikaning 9 viloyatida sel xavfidan ogohlantirdi

«O‘zgidromet» 4–6 iyul kunlari kutilayotgan yomg‘irlar munosabati bilan tezkor ogohlantirish e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin. Ayrim joylarda yomg‘ir suvlarining to‘planishi hududlarni suv bosishiga olib kelishi ehtimoli ham bor.
Qashqadaryo viloyati
Sel xavfi quyidagi tumanlarda kuzatilishi mumkin:
Yakkabog‘;
Dehqonobod;
Chiroqchi;
Kitob;
Shahrisabz;
Qamashi;
G‘uzor.
Surxondaryo viloyati
Ogohlantirish quyidagi hududlarga taalluqli:
Sariosiyo;
Uzun;
Oltinsoy;
Denov;
Boysun;
Sherobod;
Sho‘rchi;
Qumqo‘rg‘on;
Muzrobot.
Samarqand viloyati
Xavf ehtimoli mavjud hududlar:
Urgut;
Samarqand;
Bulung‘ur;
Nurobod;
Qo‘shrabot;
Kattaqo‘rg‘on;
Payariq;
Jomboy;
Ishtixon.
Navoiy viloyati
Xatirchi;
Navbahor;
Nurota;
Konimex;
Karmana.
Jizzax viloyati
Zomin;
Baxmal;
G‘allaorol;
Sharof Rashidov;
Forish;
Yangiobod.
Toshkent viloyati
Sel-suv toshqini xavfi quyidagi tuman va shaharlarda saqlanib turibdi:
Ohangaron;
Bo‘stonliq;
Parkent;
Piskent;
O‘rtachirchiq;
Yuqorichirchiq;
Angren shahri;
Olmaliq shahri.
Namangan viloyati
Pop;
Kosonsoy;
Chortoq;
Chust;
Namangan;
Yangiqo‘rg‘on.
Farg‘ona viloyati
So‘x;
Shohimardon;
Farg‘ona;
Beshariq.
Andijon viloyati
Andijon;
Asaka;
Jalaquduq;
Qo‘rg‘ontepa;
Paxtaobod;
Izboskan;
Xo‘jaobod;
Marhamat;
Xonabod shahri.
Fuqarolar ehtiyotkorlikka chaqirildi
«O‘zgidromet» tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yashovchi aholi, dam oluvchilar hamda ushbu yo‘nalishlarda harakatlanayotgan haydovchilarni ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi.
Kuchli yomg‘ir vaqtida sel yo‘llari, daryo va soylar yaqinida bo‘lmaslik, tog‘li yo‘llarda esa vaziyatni hisobga olgan holda harakatlanish tavsiya etilmoqda.































Izohlar 0
…