Turkiyada daryoga tushgan o‘zbekistonlik yigitning jasadi topildi

Turkiyada daryoga tushgan o‘zbekistonlik yigitning jasadi topildi

Turkiyaning Mug‘la viloyatida daryoda bedarak yo‘qolgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi qidiruv ishlaridan so‘ng topildi. Hodisa yuzasidan mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Cumhuriyet nashri ma’lumotiga ko‘ra, 21 yoshli o‘zbekistonlik yigit Mug‘laning Seydikemer tumanidagi daryoga cho‘milish uchun yo‘l olgan. Oradan ancha vaqt o‘tsa-da, uning uyga qaytmagani oila a’zolarini xavotirga solgan.

Yigitning otasi uni mustaqil ravishda izlashga kirishib, daryo sohiliga borgan. U yerda o‘g‘lining kiyimlari qoldirilganini ko‘rgach, darhol 112 shoshilinch xizmat markaziga murojaat qilgan.

Xabar ortidan voqea joyiga jandarmeriya, tibbiyot xodimlari, favqulodda vaziyatlar xizmati, dengiz politsiyasi hamda qidiruv-qutqaruv guruhlari jalb etildi. Shuningdek, suv ostida izlanish ishlarini olib borish uchun malakali g‘avvoslar ham safarbar qilindi.

Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida daryo tubidan o‘zbekistonlik yigitning jasadi topildi. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan dastlabki tekshiruv ishlari o‘tkazilgach, marhumning jasadi sud-tibbiy ekspertizasi uchun morgga yuborildi.

Ayni vaqtda mazkur fojia yuzasidan barcha holatlarga oydinlik kiritish maqsadida rasmiy tergov davom etmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar